O’zingizni qanday himoya qilasiz?

Biz ushbu sahifani va undagi huquqiy ko’rsatmalarni Rossiya respublikalari va sobiq SSRI mamlakatlarining 18 milliy tillariga tarjima qildik. Biz har bir inson o’z huquqlarini himoya qilishi haqida o’z ona tilida o’qish huquqiga ega ekanligiga ishonamiz. Kelajakda biz ko’proq ko’rsatmalarni yanada ko’proq tillarga tarjima qilmoqchimiz. Agar bu siz uchun muhim bo’lib tuyulsa, iltimos, bizning ishimizni qo’llab-quvvatlang—bu tarjimonlarning ishi uchun pul to’lashimizga yordam beradi. Yoki ko’ngilli bo’ling: buning uchun bizning ko’ngilli botimizni oching, undagi /start tugmasini bosing va anketani to’ldiring.

Qo’llab-quvvatlash

Ko’ngilli bo’lis

Biz siyosiy ta’qiblar xavfi va oqibatlarini kamaytirishga yordam beradigan ko’rsatmalar va xizmatlarni to’pladik. Agar sizda savollaringiz yoki fikrlaringiz qolgan bo’lsa bizga [email protected] pochta orqali xabar yuboring.

Loyiha haqida

ОВД-Инфо (OVD-Info) — bu inson huquqlari bo’yicha mustaqil media-loyiha bo’lib, uning maqsadi Rossiyada siyosiy sabablarga ko’ra ta’qiblarni to’liq to’xtatishga erishishdir. Buning uchun biz norozilik namoyishlarida hibsga olishlar va boshqa siyosiy qatag’onlar haqida ma’lumot to’playmiz va nashr etamiz, hibsga olinganlarga huquqiy yordam ko’rsatamiz va inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi tizimli o’zgarishlar ustida ishlaymiz.

Siyosiy sabablarga ko’ra hibsga olish, ishdan bo’shatish, so’roq qilish, tintuv va hibsga olish Rossiyada deyarli har kuni sodir bo’ladi. Bunday hollarga park himoyachilari, uzoq masofaga yuk tashish mashinalari haydovchilari, aldangan aktsiyadorlar, korruptsiyaga qarshi kurashuvchilar, saylovchilar, siyosatchilar, fuqarolik faollari va shunchaki tasodifiy odamlar to’qnash kelishadi. 2022 yilda qatag’onlar urushga qarshi bo’lgan odamlarga ham ta’sir qildi. 

Agar siz ko’cha aktsiyalarida hibsga olingan bo’lsangiz, siyosiy qarashlar yoki urushga qarshi pozitsiya uchun ta’qib qilinayotgan bo’lsangiz — OVD-Info huquqiy botiga yozing yoki 8 800 707-05-28 raqamiga ishonch telefoniga qo’ng’iroq qiling.

Agar siz ОВД-Инфo bilan advokat yoki jamoat himoyachisi sifatida hamkorlik qilmoqchi bo’lsangiz, iltimos, anketani to’ldiring. Agar siz advokatlik maqomiga ega bo’lmasangiz yoki sudlarda katta himoya tajribasiga ega bo’lmasangiz, jamoat himoyachisi kursini o’tashingizni tavsiya qilamiz.

  • Politsiyachilarga eshikni ochmaslik mumkinmi?

    Ha. Konstitutsiyaning 25-moddasiga binoan uy daxlsizdir. Hech kim tegishli sud qarorisiz unda yashovchi odamlarning irodasiga qarshi uyga kirishga haqli emas, yoki bu qonun bilan belgilangan holatlardan biri bo’lmasa. Ular «Politsiya to’g’risidagi» qonunning 15-moddasida ko’rsatilgan:

    • fuqarolarning hayotini yoki ularning mol-mulkini saqlab qolish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash yoki tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash;
    • jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchilarni hibsga olish uchun;
    • jinoyatni to’xtatish uchun;
    • baxtsiz hodisa holatlarini aniqlash uchun.

    Boshqa hollarda, politsiyachi sizning uyingizga faqat sizning roziligingiz bilan kirishi mumkin.

     

  • Jarimani qanday to'lash kerak va agar u to’lanmasa nima bo'ladi?

    Jalb qilingan shaxs jarimani sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab yoki kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash muddati tugagan kundan boshlab 60 kun ichida to’lashi kerak. Buni bank orqali qilish yaxshiroqdir: «Davlat xizmatlari» orqali to’langanda xatolar tez-tez uchraydi. To’lov kvitansiyasining nusxasini albatta sudga yuborilishi kerak.

    Jarimani to’lamaganlik uchun jazo belgilanadi: qo’shimcha jarima birinchisidan ikki baravar ko’p, 15 kungacha hibsga olish yoki 50 soatgacha majburiy ish.

     

  • Sizga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilganligini qanday tekshirish mumkin?
    • Agar ishni qo’zg’atgan organ yoki bo’lim yoki uni ishlab chiqarishda bo’lgan sud to’g’risida ma’lumot bo’lsa, advokat bilan kelishish mumkin. U advokatlik so’rovini yuboradi yoki sudda ish materiallari bilan tanishib chiqadi.
    • O’zingizni Ichki ishlar vazirligining saytidagi qidiruv bazasida qidirishingiz mumkin (buning uchun alohida pochta ochib olish yaxshiroqdir — bu xavfsizroq). Qulayroq alternativa — bu «Mediazona» bazasi, ammo agar ish yaqinda boshlangan bo’lsa, u yerda bo’lmasligi mumkin — xar ehtimolga qarshi u yerda ham, bu yerda ham tekshirib ko’rish yaxshiroqdir.
    • Shuningdek, siz «Davlat xizmatlari"da (Gosuslugida) sudlangan yoki yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma so’rashingiz mumkin. Uni bir oy ichida berishlari kerak. Agar ish qo’zg’atilgan bo’lsa, lekin u hali sudga kelmagan bo’lsa, ma’lumotnomada jinoyat kodeksi moddasining raqami ko’rsatiladi. Agar sizga nisbatan ma’muriy ish qo’zg’atilgan bo’lsa, bu ham hujjatda aks ettiriladi. 
    • Agar «ekstremistik» va «terroristik» moddalar bo’yicha ish olib borish xavfi mavjud bo’lsa, o’zingizni Rosfinmonitoring ro’yxatidan qidiring — u yerda gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar bor. Ro’yxatdagi yangilashlarni telegramda kuzatish mumkin.
    • Agar sizga nisbatan profilaktika chorasi tanlangan bo’lsa, bu haqda ma’lumotni yashash joyingiz yoki Rossiyadagi ro’yxatdan o’tgan joyingizdagi sud saytida topishingiz mumkin. Moskva sudlarining saytida qulay qidiruv mavjud. Boshqa shaharlardagi sudlar saytlariga alohida kirish kerak bo’ladi. U yerda siz «Sud ishi» yorlig’ini topishingiz kerak, «Ishlar bo’yicha ma’lumot qidirish» ga o’ting, «Qidiruv kartotekasi tanlangan» bo’limida «Tahrirlash» tugmasini bosing, «Materiallar bo’yicha ishlab chiqarish» ni tanlang va o’z familiyangizni kiriting. 

    Afsuski, ushbu usullarning hech biri aniq natijani kafolatlay olmaydi.

     

Huquqiy ko’rsatmalar